"Vest Xem" rahbariyati Eshpiritu Santu bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Yaqinda Britaniya matbuoti Nunu Eshpiritu Santu "Vest Xem" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. London jamoasi noyabr oyi boshidan beri g'alaba qozona olmayapti. Sky Sports xabariga ko'ra, "Vest Xem" rahbariyati murabbiy iste'fosiga shoshilmayapti.
Qayd etilishicha, "Vest Xem" bosslari portugaliyalik mutaxassisga ishonmoqda. "Bolg'achilar"ning "Nottingem Forest"ga qarshi o'yini 1:2 hisobidagi mag'lubiyatga qaramay rahbariyatga manzur bo'ldi. Shuning uchun Santu yaqin orada ishdan bo'shatilmaydi.
Angliya Premer-ligasining 21-turidan keyin "Vest Xem" 14 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388