Kazemiro Braziliya chempionatiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro Braziliyaga qaytishi mumkin.
Jurnalist Diego Firminoning ma'lum qilishicha, xavbekni "Palmeyras" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Braziliya klubi futbolchi yozda "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etsa, u bilan ikki yillik shartnoma tuzishga tayyor. "Palmeyras"dagilarning fikricha, 2+1 ko'rinishidagi bitim futbolchini klubga o'tishga ko'ndiradi.
Kazemiro "Manchester Yunayted"ga 2022 yilning yozida "Real"dan 70 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali braziliyalikni 8 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
361