Tyago Silva "Portu"ga o'tish haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

Braziliyalik markaziy himoyachi Tyago Silva "Portu"ga o'tishi haqida fikr bildirdi. 41 yoshli faxriy Portugaliya grandi bilan joriy mavsum yakuniga qadar bir mavsumga uzaytirish huquqi bilan mehnat shartnomasini imzolagan.
"Men bu ajoyib klubga qaytdim. Aynan shu erda Evropadagi faoliyatim boshlangandi. "Portu"ni o'z uyim deyishim mumkin. Ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman, klubga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ko'rishguncha!," - deyiladi tajribali futbolchining postida.
Evropada Silva "Milan", "PSJ" va "Chelsi" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Uning "Portu"ga qaytishidan oldingi so'nggi klubi "Fluminense" edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358