«Tottenxem» jamoani chempion qilgan murabbiyni qaytarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Londonning "Tottenxem" klubi sobiq ustozi Ange Postekoglu yana jamoani boshqarishga tayyor. Bu haqda taniqli jurnalist Mett Lou xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'tgan mavsum yakunlangach, "Tottenxem"dan iste'foga chiqarilgan avstraliyalik mutaxassis klubga qaytishi mumkin. Eslatib o'tamiz, "shporlar" Postekoglu qo'l ostida Evropa Ligasida g'olib chiqishgan. Ushbu sovrin klub uchun so'nggi 18 yildagi birinchisi bo'ldi.
Ayni paytda "Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank hisoblanadi. Jamoa 21 o'yindan so'ng 27 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350