Flik «Barsa» 2,5 million evroga sotib olgan futbolchida hayratda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 20 yoshli hujumchi Runi Bardjining Ispaniya Superkubogi doirasida "Atletik"ka qarshi kechgan uchrashuvdagi o'yini haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv "Barselona"ning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bardji bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
- Men Runi Bardjidan nihoyatda mamnunman. U yana har doimgidek ajoyib edi, men unga ishonaman" - deya Flikning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Romanoning eslatishicha, shvedning xaridi "ko'k-anorranglilar"ga 2,5 mln evroga tushgan. Ayni damda futbolchining bozor narxi Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 10 mln evroni tashkil qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345