Deku ter Shtegenning holatiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan futbol funktsioneri Deku jamoaning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning jarohatiga izoh berdi.
"Mark-Andre tizzasida noxush sezgilarni his qildi. U xavotirda edi, chunki u ilgari ham shunday jarohat olgan edi. Ammo jiddiy hech narsa yo'qligidan hammamiz xursandmiz," - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi Sport.es.
33 yoshli darvozabon "ko'k-anorranglilar" safida 2014 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027/2028 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi. Ter Shtegenning bozor narxi etti million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
475