APL. «Lester» autsayderga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Angliya chempionatining 28-turiga start berildi. APL jadvalida 3-o'rinda borayotgan «Lester» eng quyi pog'onani egallab turgan «Norvich» klubi mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi.
APLda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan "Norvich" uchrashuvning 70-daqiqasida Jamal Lyuis tomonidan urilgan gol evaziga g'alabani ilib ketdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Norvich" o'z ochkolarini 21taga etkazdi, ammo jamoa hamon so'nggi pog'onani tark etganicha yo'q. Klub o'zidan oldinda borayotgan jamoalardan 3 ochko ortda qolmoqda.
Angliya premer-ligasi, 28-tur
Norvich – Lester 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 70 Lyuis.
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Tetti, Maklin, Buendia, Duda (Shtipermann, 87), Kentuell (Rupp, 68), Pukki (Drmich, 81).
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Seyunjyu, Chiluell, Chouduri (Ndidi, 67), Peres (Olbrayton, 78), Prat (Tilemans, 73), Meddison, Barns, Ixeanacho.
Ogohlantirishlar: Xenli (53), Prat (62), Shmeyxel (87).

Bosh sahifaga
309