Totti: «Real»da «Oltin to'p»ni yutgan bo'lardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Rimning "Roma" klubi afsonaviy hujumchisi Franchesko Totti Madridning "Real" klubiga o'tganida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkinligini aytdi.
"Agar men "qirollik klubi"da o'ynaganimda, "Oltin to'p" sohibiga aylanardim," - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi ForzaRoma.info.
Eslatib o'tamiz, Franchesko butun futbolchilik faoliyatini Rim jamoasida o'tkazgan. Totti 1992 yildan 2017 yilgacha "bo'rilar" sharafini himoya qilgan. "Roma" bilan birgalikda u bir marta A Seriya chempioni bo'lgan.
Italiya terma jamoasi safida hujumchi 58 ta o'yin o'tkazgan. Franchesko o'z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
505