«Liverpul» Salohning o'rniga olib keladigan hujumchi uchun 100 million evro sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442

Angliyaning «Liverpul» klubi Frantsiyaning «Marsel» jamoasi hujumchisi Meyson Grinvudga jiddiy qiziqish bildirmoqda. U yana Evropa transfer bozorining e'tibor markaziga aylangan. Klub rahbariyati 24 yoshli forvardni kelasi mavsum oldidan hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.
Manbaga ko'ra, «Liverpul» tarkibda Mohammed Salohning kelajagi bilan bog'liq ehtimoliy o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mavsum yakunida uning jamoani tark etishi istisno qilinmayapti. Shu nuqtai nazardan, Grinvud jamoa hujumida muhim rolni egallashi mumkin bo'lgan futbolchi sifatida qaralmoqda.
Ma'lum qilinishicha, «Marsel» Grinvudni 80–100 million evro atrofida baholamoqda. «Liverpul» esa ushbu summani to'lashga tayyorligi aytilmoqda.

Bosh sahifaga
402