Doku "Manchester Siti"ning vaziyatlardan foydalanishdagi muammolarini tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku o'z maydonida "Brayton"ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durangga izoh berdi.
Dokuning ta'kidlashicha, bunday holat avvalgi uchrashuvlarda ham takrorlangan va yaratilayotgan vaziyatlarning sifati asosiy omil bo'lib qolmoqda.
"Uydagi durang hech qachon yaxshi natija bermaydi. Biz uch ochkoni afzal ko'rgan bo'lardik. Biz haqiqatan ham aniq vaziyatlarni yaratishimiz kerak. Agar shunday qilsak, hammasi boshqacha bo'ladi", - dedi futbolchi o'yindan keyin.
"Manchester Siti" hisobida 43 ochko mavjud bo'lib, Angliya chempionatida 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178