Xau: "Bizning omadimiz bor ekan, bunday holat kamdan-kam uchraydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Angliya chempionatida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi, unda "Nyukasl" "Lids"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.
"Nyukasl" ustozi Eddi Xau juda xursand, u raqib hech ham yomon o'ynamagan bo'lsa-da, uning jamoasi omadli bo'ldi deb hisoblaydi.
"Bu APLning klassik o'yini edi, biz kuchliroq bo'lganimizga ishonchim komil emas, ammo xarakter ko'rsatdik. O'yinni o'zgartirib, omadni ham o'z tomonimizga og'dirdik, bu biz bilan kamdan-kam sodir bo'ladi", - deya "Nyukasl" ustozining so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Ayni damda "Nyukasl" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169