"Byornli" murabbiyi: "O'yin natijalarini ijobiy deb hisoblayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Angliya chempionatida 21-turning bir nechta o'yinlari bo'lib o'tdi, "Byornli" o'z uyida "Manchester Yunayted"ni qabul qildi va o'yin 2:2 hisobida yakunlandi. "Byornli" ustozi Skott Parker o'yin natijasiga izoh berdi.
"Men mamnunman, o'yin natijasini ijobiy deb hisoblayman. Ayniqsa, reaktsiya menga yoqdi, ikkinchi bo'limda yutqazayotgandik, jamoa, futbolchilar cho'chib ketishi mumkin edi, lekin ular cho'chimadi va hisobni tenglashtirdi. Biz ochko to'plashga harakat qilishda davom etamiz", - deya Parkerning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya chempionatining navbatdagi turida "Byornli" "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167