Akanji "Manchester Siti"ga qaytmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

"Inter"ning "Manchester Siti"dan ijaraga olingan markaziy himoyachisi Manuel Akanji kelajagi haqidagi savolga javob berdi. "Neradzurrilar" 30 yoshli shveytsariyalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar "shaharliklar"dan ijaraga oldi.
"Mening kelajagim? Bilganimda edi! "Inter"da baxtiyorman, hammasi a'lo darajada ketyapti. Bu yozga yaqin ko'rinadi, ammo men kelasi mavsumda shu erda qolishga umid qilaman", - dedi Akanji "Parma" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) Sky Sport’ga bergan intervyusida.
Uning transfer narxi mashhur Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 22 mln evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184