Dimarko: "Jamoa yanada jipslashmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

Italiya futbolida A Seriyaning o'n to'qqizinchi turi avj pallasida Milanning "Inter" klubi safarda "Parma"ni mag'lub etdi. Milan klubi yarim himoyachisi Federiko Dimarko bo'lib o'tgan o'yin voqealariga izoh berdi.
"G'alaba qozonishimizga qaramay, ko'plab imkoniyatlarni qo'ldan boy berdik. Quvonarlisi, jamoa tobora jipslashib bormoqda, bu ijobiy natijalar uchun asos, shuningdek, murabbiyning so'zsiz xizmatidir", - deya Dimarkoning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Yakshanba kuni "Inter"ni mamlakatning amaldagi chempioni "Napoli"ga qarshi ancha qiyin o'yin kutib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264