"Barselona" qatorasiga 4-bor Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

"Barselona" yana Ispaniya Superkubogi finalida o'ynaydi.
Xans-Diter Flik jamoasi yarim finalda "Atletik"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va endi turnirning hal qiluvchi o'yinida ishtirok etadi.
Kataloniyaliklar qatorasiga to'rtinchi marta Superkubok finaliga yo'l oldi. 2023 va 2025 yillarda ular "Real"ni (3:1 va 5:2) mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2024 yilda "qaymoqranglilar"ga 1:4 hisobida yutqazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281