"Siti" 3 ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

"Manchester Siti" ketma-ket uchinchi marta ochko yo'qotdi.
Pep Gvardiola jamoasi APLning 21-turida "Brayton" (1:1) bilan durang o'ynadi. 4 yanvar kuni u "Chelsi"ni (1:1), 1 yanvar kuni "Sanderlend"ni (0:0) mag'lub eta olmagandi. Bu natijalarga qadar "shaharliklar" barcha turnirlarda ketma-ket 8ta g'alabaga erishgandi.
"Man Siti" Premer-ligada "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda. Londonliklar payshanba kuni "Liverpul" ustidan g'alaba qozonsa, farqni oshirishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288