A Seriya. «Napoli» o'z maydonida «Verona»ni enga olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15558

"Napoli" o'z maydonida A Seriya 19-turida "Verona"ga qarshi bahs olib bordi - 2:2.
Mezbonlardan Skott Maktominay 54-daqiqada, Jovani Di Lorentso 82-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mehmonlarning gollariga Martin Frese (16) va Gift Orban (27) mualliflik qildi.
"Napoli" 38 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi, "Verona" 13 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.
Napoli - Verona - 2:2.
Gollar: Frese, 16 (0:1). Orban, 27 - penaltidan (0:2). Maktominay, 54 (1:2). Di Lorentso, 82 (2:2)
Napoli: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Buondjorno, Di Lorentso, Maktominay, Lobotka, Guterres (Spinatstsola, 55), Politano, Elmas (Marianuchchi, 63), Lang (Lukka, 76), Xeylunn
Verona: Montipo, Bella-Kotchap, Valentini, Nunes, Berned, Nyass (Serdar, 87), Galyardini, Frese, Bradarich (Nelsson, 78), Sarr (Djovane, 64), Orban (Moskera, 87)
Ogohlantirishlar: Orban, 28. Bradarich, 52. Bella-Kotchap, 75
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
313