Vinisius hozircha «Real»dan ketishni rejalashtirmayapti — Romano
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1469

«Real» vingeri Vinisius Junior transfer masalasida «Chelsi» bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchining vakillari bilan London klubi o'rtasida hech qanday muzokaralar yoki hamkorlik sari qadamlar mavjud emas. Bu borada tarqalayotgan mish-mishlar esa haqiqatdan yiroq. Vinisius hozirda bor e'tiborini amaldagi jamoasidagi o'yinlarga qaratgan, shartnoma shartlari esa keyinroq muhokama qilinadi.
Vinisius Junior 2017 yil yozidan buyon «Real» jamoasida to'p tepib kelmoqda. Joriy klub mavsumida vinger 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida beshta gol va sakkizta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347