«Manchester Yunayted» Fergyusondan keyin murabbiylar uchun taxminan 100 mln funt kompensatsiya to'lagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16909

«Manchester Yunayted» klubi ser Aleks Fergyuson jamoani tark etganidan keyin murabbiylar va murabbiylar shtabi a'zolariga kompensatsiya sifatida taxminan 100 mln funt sterling (115 mln evro) sarflagan. 5 yanvar, dushanba kuni klub bosh murabbiy Ruben Amorimni ishdan bo'shatdi. U shartnomasining qolgan bir yarim yili uchun 10 mln funt (11,5 mln evro) miqdorida kompensatsiya oladi, deya xabar beradi The Telegraph.
Fergyuson 2013 yilda jamoani tark etganidan beri «MYu» murabbiylar va ularning shtablariga jami 78 mln funt (90 mln evro) kompensatsiya to'lagan. Xususan, iste'foga chiqarilgan murabbiylar quyidagi miqdorda kompensatsiya puli olishgan:
Devid Moyes — 4,9 mln funt (5,6 mln evro)
Lui van Gal — 8,4 mln funt (9,6 mln evro)
Joze Mourinyu — 19,6 mln funt (22,5 mln evro)
Ule-Gunnar Sulsher — 10 mln funt (11,5 mln evro)
Ralf Rangnik — 14,7 mln funt (16,9 mln evro)
Erik ten Xag — 10 mln funt (11,5 mln evro).
Bundan tashqari, klub murabbiylarni taklif qilish, direktorlarni ishga olish va ishdan bo'shatish bilan bog'liq jarayonlarga ham taxminan 21 mln funt (24 mln evro) sarflagan. Eng katta kompensatsiya 11 mln funt (12,6 mln evro)ni tashkil etgan bo'lib, u 2024 yilda Amorimni tayinlash uchun «Sporting» klubiga to'lab berilgan.

Bosh sahifaga
321