EChL pley-off bosqichi o'yinlari uchun rasmiy to'p taqdim etildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Adidas kompaniyasi Chempionlar ligasining 2025/2026 mavsumida umumiy bosqichning 7 va 8-turlarida, shuningdek, pley-off bosqichi o'yinlarida jamoalar foydalanadigan rasmiy to'pni taqdim qildi.
To'p oq rangda ishlangan bo'lib, u an'anaviy yulduzlar shaklidagi naqsh bilan bezatilgan. Bu gal yulduzlar Adidas va UEFAning musobaqa uchun rasmiy to'p etkazib beruvchi sifatidagi hamkorligining 25 yilligi munosabati bilan kumushrang tusda bajarilgan.
Yangi to'p dizayni 2000/2001 yilgi mavsumdagi avvalgi namunadan ilhom olgan bo'lib, u mayda yulduzlar ko'rinishidagi relef bilan qoplangan va yubiley haqida ma'lumot beruvchi yozuv bilan to'ldirilgan. Yulduzlar qirrasi purpur rangda ishlangan bo'lib, bu musobaqaning nufuzini yanada ta'kidlaydi.

Bosh sahifaga
323