"Inter" o'z futbolchisini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Braziliyalik himoyachi Karlos Augusto bugun tug'ilgan kunini nishonlamoqda.
U 27 yoshga to'ldi va 2023 yilda Italiyaga ko'chib o'tganidan so'ng, "Inter" safida uchinchi mavsumini o'tkazmoqda.
Bu vaqt ichida u klub safida barcha musobaqalarda 118 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi. Augusto 2024 yilda Italiya chempionligini qo'lga kiritdi va shuningdek, Italiya Superkubogida ham g'olib chiqdi.
"Inter" matbuot xizmatining yozishicha, "Inter"ning butun oilasi Karlosni tug'ilgan kuni bilan qizg'in tabriklaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349