«Chelsi»ning yangi murabbiyi: «Tezkor va hujumkor futbol o'yin ko'rsatishimizni xohlayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

6 yanvar kuni «Chelsi» klubi yangi bosh murabbiy tayinlanganini e'lon qildi. Londonliklarni «Strasbur» klubi ustozi Liam Rosenor qabul qilib oldi.
Mutaxassis jamoa o'yini borasida qanday qarorlar qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida fikr bildirdi.
— Men muxlislar o'yinimizdan zavq olishini istayman. Biz tezkor, hujumkor futbol o'ynashimizni xohlayman. Ilk o'n daqiqa ichidayoq tribunalardagi muxlislar o'rinlaridan sakrab turishini, to'lqin ortidan to'lqin kelayotganini his qilishlarini istayman. Men Essen, Lempard, Drogba, Robben, Jo Koul kabi futbolchilarga qarshi o'ynaganimda «Stemford Brij»ga kelish haqiqatan ham juda qiyin ekanini anglaganman.
— Shu kabi muhitni bu erda ham yaratishni istayman. Biz faol, jasur va qo'rqmas bo'lishimiz kerak. Shunda birga ajoyib davrni o'tkazishimiz mumkin, — deya Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Bosh sahifaga
345