“Arsenal” APL chempionligi uchun asosiy da'vogar — Opta
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1188

Opta statistik portali Angliya Premer Ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi 20-turidan so'ng jamoalarning chempionlik uchun imkoniyatlarini qayta hisobladi. Unga ko'ra, ayni vaqtda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan “Arsenal”ning chempionlik ehtimoli 86,15 foizni tashkil etmoqda.
Jamoalarning APL chempionligi uchun imkoniyatlari (20-turdan so'ng):
1. “Arsenal” — 86,15 %
2. “Manchester Siti” — 9,84 %
3. “Aston Villa” — 3,93 %
4. “Liverpul” — 0,07 %
5. “Chelsi” — 0,01 %
Ayni vaqtda APL turnir jadvalida “Arsenal” 48 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda “Manchester Siti” (42), “Aston Villa” (42), “Liverpul” (34) va “Chelsi” (31) joylashgan.
Avvalroq, Transfermarkt nashri eng qimmat tarkibga ega klublar ro'yxatini e'lon qilgan edi. Unga ko'ra, eng qimmat tarkib “Real Madrid” jamoasiga tegishli bo'lib, “Qirollik klubi” asosiy jamoasi futbolchilarining umumiy qiymati 1,38 milliard evroni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarda joriy mavsum APL etakchisi “Arsenal” (1,29 mlrd evro), shuningdek “Manchester Siti” va “PSJ” (1,19 mlrd evro) klublari qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, turnir APL nomini olgan davrdan buyon (1992 yil) “Manchester Yunayted” eng ko'p chempionlikni qo'lga kiritgan — 13 marta. Keyingi o'rinlarda “Manchester Siti” (8 marta), “Chelsi” (5 marta), “Arsenal” (3 marta), “Liverpul” (2 marta), “Blekburn” (1 marta) va “Lester” (1 marta) qayd etilgan.

Bosh sahifaga
353