«Dinamo» BAAda Qozog'iston va Rossiya klublariga qarshi maydonga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

«Dinamo» jamoasi 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida dastlabki xorij yig'inini Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 16-29 yanvar kunlari Abu-Dabi va Dubayda 4ta uchrashuv o'tkazishni rejalashtirgan. Hozirga kelib «Dinamo»ning 3ta o'rtoqlik o'yinidagi raqiblari ma'lum bo'lib ulgurdi.
Samarqand klubi dastlab 19 yanvar kuni Qozog'istonning «Kaysar» klubiga qarshi maydonga tushsa, 25 yanvar kuni Rossiyaning 6 karra chempioni TsSKA Moskva jamoasiga qarshi saf tortadi. 28 yanvar kuni esa «Dinamo» Rossiya Premer-ligasi vakili «Akron» bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Yig'in doirasida rejalashtirilgan yana bir o'yindagi raqib aniq bo'lgach, ma'lumot beriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346