"Bavariya" muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar bo'lajak shartnomaning aksariyat bandlari, jumladan, imzo bonusi va tovon puli to'g'risidagi band bo'yicha kelishuvga erishgan. Tez orada yangi shartnoma to'liq kelishilishi kutilmoqda.
Upamekano 2021 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli frantsuz barcha musobaqalar bilan hisoblaganda 21ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.
Upamekanoning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining narxini 70 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
375