"Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin oldidan Slot o'z fikrini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

Angliya Premer-ligasining 21-turidan o'rin olgan markaziy bahsda Londonning "Arsenal" klubi o'z maydonida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs haqida "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bo'lajak o'yin katta ahamiyatga ega. APLda o'z maqsadlarimiz bor. Bunday raqiblar bilan o'yinlarda nimaga munosib ekanligimizni tushunish mumkin. Bu mavsumda "Arsenal" yanada kuchaydi. Hozirda ularda haqli ravishda birinchi o'rinda bo'lish uchun hamma narsa bor," - deya niderlandiyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi Liverpool Echo.
"Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi bahs 8 yanvar, payshanba kuni Londondagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.

Bosh sahifaga
328