"Unga teng keladigani yo'q": Habib dunyoning eng yaxshi futbol ligasini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Aralash yakkakurashlar bo'yicha afsonaviy jangchi Habib Nurmagomedov Angliya chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi bahsni tomosha qilib, hayratda qoldi. Jamoalar o'rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
"Futbolda Angliya Premer-ligasiga teng keladigani yo'q," - deyiladi sobiq UFC chempionining ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Angliya chempionatida o'tkazilgan 20 turdan so'ng, Londonning "Arsenal" klubi 6 ochkolik farq bilan 1-o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindan "Manchester Siti" joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikni sensatsion tarzda Birmingemning "Aston Villa" klubi yakunlab bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281