"Chelsi" 70 million evroga himoyachi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Londonning "Chelsi" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda FcInterNews.it xabar bermoqda.
Biroq gap yanvardagi transfer haqida emas, yozgi transfer haqida ketmoqda. "Chelsi" 26 yoshli italiyalik futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor.
"Ko'klar" tarkibidagilar "Inter" yulduzi Premer-ligaga o'tishga qiziqish bildirishiga ishonishmoqda. Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining "Inter" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316