Koronavirus tufayli eronlik futzalchi qiz vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 655

Eronlik 23 yoshli futzalchi ayol Ilhom Sheyxiy koronavirus tufayli vafot etdi.
"Rokna" axborot agentligi tarqatgan xabarga ko'ra, infektsiya bilan kasallangan sportchi Eron futzal terma jamoa a'zosi hisoblanib, u 10 kun davomida Qum shahridagi shifoxonada yotgan edi.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Eronda 338 nafar inson koronavirusni yuqtirgan bo'lib, 26 kishi ushbu kasallik sababidan hayotdan ko'z yumdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234