Evropada Qozog'iston va O'zbekistondan chiqqan futbol iste'dodlari baholandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 579
47
Shotlandiyaning «Xarts» klubi muxlislari Qozog'iston milliy terma jamoasi vingeri Islom Chesnokov bilan professional shartnoma imzolanishi fonida Markaziy Osiyo davlatlaridan etishib chiqayotgan istiqbolli futbolchilarni muhokama qildi, deb xabar beradi Sports.kz.
«Takrorlayman, ammo bu hudud (Markaziy Osiyo) haqiqatan ham iste'dodli o'yinchilarni etishtirib chiqara boshladi, ayniqsa O'zbekiston va Qozog'iston. Yaqinda “Manchester Siti” O'zbekistondan futbolchi bilan shartnoma imzoladi, “Chelsi” esa “Qayrat”dan o'yinchi transferini rasmiylashtirdi. Hatto Islom bilan ish bitmasa ham, kelajakda aynan shu mintaqaga e'tibor qaratish to'g'ri, deb hisoblayman», — deb yozadi bir muxlis fan-saytda.
Gap Qozog'iston milliy terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev haqida bormoqda. U 2026 yil avgust oyida Londonning «Chelsi» klubiga qo'shilishi kutilmoqda. Shuningdek, ayni paytda «Manchester Siti» safida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham tilga olingan.

Bosh sahifaga
337