«Manchester Siti» Antuan Semeno uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

«Manchester Siti» «Bornmut» vingeri Antuan Semenoning transferini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, transfer qiymati 75 mln evro (65 mln funt)ni tashkil etadi. Qayd etilishicha, Semeno payshanba, 8 yanvar kuni bo'lib o'tadigan tibbiy ko'rikdan so'ng uzoq muddatli shartnomaga imzo qo'yadi.
Ta'kidlanishicha, ganalik vinger «shaharliklar» safiga qo'shilish uchun APLning to'rtta klubi taklifini rad etgan. Ushbu transferda futbolchining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola qo'l ostida to'p surish istagi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Antuan Semeno 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
275