Messi nega ingliz tilida intervyu bera olmasligini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338

Lionel Messi ingliz tilida intervyu berishni istamasligi haqida gapirdi.
Argentinalik futbolchi uchinchi yildirki AQShda "Inter Mayami" safida to'p tepmoqda, biroq omma oldida faqat ispan tilida gapirishni ma'qul ko'radi.
"O'ylashimcha, ingliz tilida meni tushunishlari uchun etarli darajada yaxshi gapiraman, lekin baribir o'zimni noqulay his qilaman. Shaxsiy suhbatlarda biroz ko'proq ingliz tilida muloqot qilaman, ammo kamera oldida bunday qilmaslikni afzal ko'raman," - deya 38 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi ispan OAV.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244