"Manchester Yunayted" vingeri Diallo Afrika Kubogida Yaya Turening yutug'ini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Kot-d'Ivuar Burkina-Faso ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonib, Afrika Millatlar Kubogining chorak finaliga yo'l oldi.
Uchrashuv qahramoni Amad Diallo bo'ldi: 20-daqiqada "Manchester Yunayted"ning 23 yoshli futbolchisi hisobni ochgan bo'lsa, 32-daqiqada Yan Diomandega assistentlik qildi. Opta xabariga ko'ra, Diallo Yaya Turedan keyin Afrika kubogi pley-offining bir o'yinida gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan birinchi ivuarlik futbolchi hisoblanadi.
Aynan Amad Diallo turnirning joriy o'yinida uchinchi marta bellashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
1/4 finalda Kot-d'Ivuar terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib boradi. O'yin 10 yanvarga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321