Rasman. Neymar "Santos" bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Santos" klubi Neymar bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Hujumchining yangi mehnat shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan, bu haqda Braziliya klubi matbuot xizmati xabar berdi. Avvalgi shartnoma 31 dekabrda o'z kuchini yo'qotgan edi.
Neymar 2025 yilning yanvarida o'zining qadrdon "Santos" jamoasiga qaytdi. 33 yoshli futbolchi jamoaga Braziliya A Seriyasidan tushib ketishdan qutulib qolishga yordam berdi. Mavsum yakunida futbolchining tizzasida jarrohlik amaliyoti o'tkazildi - tiklanishning aniq muddati hozircha ma'lum emas.
5 fevral kuni Neymar 34 yoshga to'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247