«Andijon» Turkiyaga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

Oldin xabar berganimizdek, «Andijon» bugun Toshkent halqaro aeroportida soat 10:00 da Toshkent-Antaliya yo'nalishida Turkiyaga yo'l oladi va u erda «Burgutlar»ning yangi mavsum uchun asosiy o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tadi.
Jamoa murabbiylar va tibbiyot shtabiga yangi mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, futbolchi sifatida o'z vaqtida «Andijon» sharafini himoya qilgan, o'tgan yili «Bunyodkor»da faoliyat olib borgan Dmitriy Kraev endilikda «Andijon»da tahlilchi vazifasida ish olib boradi. Shuningdek, buxorolik shifokor Olimjon Ne'matov ham yangi mavsumdan e'tiboran «Burgutlar»da faoliyat olib boradi. Qolaversa, massajchi Bahodir Tashbekov ham jamoa a'zosiga aylandi.
Jamoaning delegatsiya tarkibi bilan tanishing:
Bosh murabbiy: Samvel Babayan
Yordamchi murabbiy: Grigoriy Kolosovskiy
Murabbiylar: Denis Toymensev, Elyor Rahmatullaev
Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Sinelnikov
Tahlilchi: Dmitriy Kraev
Shifokorlar: G'ofurjon Jo'raev, Olimjon Ne'matov
Massajchilar: Bahodir Tashbekov, Omatillo Ortiqov, Aziz Karimov
Administratorlar: Bekzod Karimov, Xursandbek Qosimov
Matbuot kotibi: Shuhratbek Jo'raev
Operator tahlilchi: Ilhom Iminov
Darvozabonlar: Eldor Adhamov, Rahim Davronov, Ne'matulloh Rustamjonov.
Himoyachilar: Ibrohim Yo'ldoshev, Nemanya Chalasan, Aleksandr Andronikashvili, Abdurahmon Komilov, Odil Abdumajidov, Islom To'xtaxo'jaev, Elbek Vohidovich, Abdulvohid G'ulomov, Igor Golban, Kristian Novak, Bekzod Sulaymonov.
Yarim himoyachilar: Abbos Abdug'afforov, Sardor Azimov, Humoyunmirzo Iminov, Doniyor Abdumannopov, Bektemir Abdumannonov, Damir Temirov, Jamshid Boltaboev, Muhammadkarim Toirov, Imeda Ashortia, Usmonali Ismonaliev.
Hujumchilar: Po'latxo'ja Xoldorxonov, Dragan Cheran, Asilbek Aliev.
Rustamjonov, Cheran, Chalasan, Novak Ashortia va Golban Turkiyadagi yig'inda qo'shilishadi.
Shuningdek, Shoxjahon Yorqinboev U-23 terma jamoamiz bilan Osiyo Kubogida qatnashayotgani bois «Andijon»ning yig'iniga keyinroq etib keladi.

Bosh sahifaga
263