Afrika kubogi. Kot-d'Ivuar Burkina-Faso darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi (Videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3261

Kot-d'Ivuar terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi 1/8 finalida Burkina-Faso ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0.
Birinchi bo'limda gollarga Amad Diallo va Yan Diomande mualliflik qildi. Uchrashuv yakunida Bazuman Ture o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Kot-d'Ivuar Afrika Millatlar Kubogining chorak finaliga chiqdi. Yarim final yo'llanmasi uchun bahsda "fillar" Benin (3:1) ustidan g'alaba qozongan Misr terma jamoasi bilan o'ynaydi. O'yin 10 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Kot-d'Ivuar - Burkina-Faso - 3:0
Gollar: Diallo, 20 (1:0). Ya. Diomande, 32 (2:0). B. Ture, 87 (3:0)
Kot-dIvuar: Ya. Fofana, Kossunu (U. Diomande, 90+3), NDika, Konan, Due, Sangare, Oulai (S. Fofana, 81), Kesse, Ya. Diomande (Krasso, 75), Diallo (Diakite, 81), Gessan (B. Ture, 75)
Burkina-Faso: Koffi, Nagalo (I. Ture, 42), Tapsoba, Dayo, Kuassi, Yago (Kabore, 71), Uedraogo (Bouda, 79), Simpore, Ire (B. Traore, 71), Uattara, L. Traore (Minungu, 46)
Ogohlantirishlar: Oulai, 63. Sangare, 66 - Nagalo, 5
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
292