"Yuventus" futbolchisi ijaraga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Turinning "Yuventus" klubi sharafini himoya qilayotgan chernogoriyalik futbolchi Vasiliy Ajich tez orada ijaraga berilishi mumkin. Klubni Luchano Spalletti qabul qilib olganidan beri Ajich asosiy tarkibga kiritilmay qo'ydi.
Endi "Yuventus" rahbariyati uni ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu borada A Seriyaning bir necha klublari - "Kalyari", "Jenoa", "Verona" yoki "Kremoneze" variant sifatida tilga olinadi. Tafsilotlar joriy oy davomida ma'lum bo'ladi.
Hozirda Turin klubi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. U oxirgi marta 2020 yilda mamlakat chempioni bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274