Fletcher Amorimning "Manchester Yunayted"dan iste'foga chiqarilishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Darren Fletcher klubning Ruben Amorim bilan xayrlashishi haqida nimalarni o'ylayotganini aytdi. Portugaliyalik murabbiyning iste'fosi haqida dushanba kuni e'lon qilindi.
"Amorim uchun xafa bo'ldim, lekin bo'lar ish bo'ldi. Hozirgi vaziyatda klubga yordam berishga harakat qilish uchun bu erdaman. To'xtamasdan oldinga siljishimiz kerak. Qilayotgan ishlarimning barchasi "Manchester Yunayted" manfaatlaridan kelib chiqadi, shuning uchun hozir bor e'tiborimni "Byornli"ga qarshi o'yinga qaratganman," - dedi 41 yoshli shotlandiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282