Ten Xag Niderlandiyada ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"Tvente" Erik ten Xag texnik direktor etib tayinlanganini e'lon qildi.
"Ayaks" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq bosh murabbiyi 1 fevral kuni klubga keladi. Mutaxassis 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Avvalroq, Yan Shtrayer "Tvente" texnik direktori lavozimini tark etishini e'lon qilgandi.
55 yoshli ten Xagning so'nggi ish joyi "Bayer" bo'lgan. Murabbiy shartnoma imzolanganidan ikki oy o'tib - 2025 yil 1 sentyabrda ishdan bo'shatildi.
"Tvente" Niderlandiya chempionatining 17-turidan keyin ochkolarini 25taga etkazib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374