Iraola Semeno ertaga "Bornmut" safidagi so'nggi o'yinini o'tkazishi mumkinligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa hujumchisi Antuan Semenoning ketishi haqida gapirdi. Ertaga, 7 yanvar kuni "Bornmut" Angliya chempionatining 21-turida "Tottenxem"ga qarshi bahs olib boradi.
"Menimcha, bu uning so'nggi o'yini bo'lishi mumkin. Ertaga yoki keyingi ikki-uch kun ichida nima bo'lishini bilmayman... Lekin menimcha, bu uning so'nggi o'yini bo'lishi mumkin. Bu mening shaxsiy fikrim, lekin hech narsa kelishilmagan va imzolanmagan," - deya Iraolaning so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida.
Avvalroq, "Manchester Siti" Antuan Semenoning "Bormut" bilan shartnomasida ko'rsatilgan 65 mln funt (74,8 mln evro) miqdoridagi tovon pulini to'lashi xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
422