"Milan" yulduzi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 716

Italiyaning "Milan" klubi portugaliyalik futbolchi Rafael Leau bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirmoqchi. Klub rahbariyati allaqachon futbolchining atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlagan, deb xabar beradi Calciomercato.
Eslatib o'tamiz, Rafael Leau klubda 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda, u "Milan" safida Italiya chempioni bo'lgan va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. U bungacha Portugaliyaning "Sporting", Frantsiyaning "Lill" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430