"Siti" qishda yangi xaridlar qiladimi? Gvardiola javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yuzaga kelgan kadrlar masalasida klub qishki transfer bozoriga chiqa oladimi, degan savolga javob berdi.
"Balki, biz kimnidir olarmiz, lekin bu o'tgan yilga nisbatan butunlay boshqacha holat. Biz o'tgan yilgidek qishda to'rt yoki besh futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi emasmiz," - dedi Gvardiola jurnalistlarga seshanba kungi matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi "Arsenal"dan 6 ochko (42 - 48) ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
399