Gvardiola: "Arsenal" juda kuchli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Mutaxassisdan Premer-liganing amaldagi peshqadami "Arsenal"ga baho berish so'ralgan. Londonliklar 48 ochko bilan jadvalning eng yuqori pog'onasidan joy olgan. "Shaharliklar" 42 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
"Arsenal" qanchalik kuchli? Juda kuchli. Juda kuchli. So'nggi ikki-uch mavsumda ular juda kuchli edi va ular yanada kuchayib bormoqda. Bu haqiqat," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" 7 yanvar, chorshanba kuni Angliya chempionatida "Brayton"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381