«Real» finalga chiqsa, Mbappe o'ynaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Kilian Mbappe jamoadoshlari bilan Ispaniya Superkubogi o'yinlariga uchmaydi.
"Real" futbolchisi Saudiya Arabistoniga boradigan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olmagan. Dekabr oyi oxirida unda chap tizza bog'lamlarining cho'zilishi aniqlangandi.
Marca’ning yozishicha, frantsuz agar klub musobaqa finaliga chiqsa, unda o'ynashi mumkin - Mbappening ishtiroki uning holatiga bog'liq bo'ladi.
Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real" "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361