Maynu Amorimning ustidan kulganlarni qo'llab-quvvatladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Ijtimoiy tarmoqlarda Ruben Amorimning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani haqida hazil qilishmoqda. Nashrlardan birida odamlar jilmayib turgan fotosurat keltirilgan. Muallif hazil tariqasida bu odamlarni Ruben Amorim va uning shtabi deb tanishtirgan.
"Men ham 10 million funt tovon puli olsam, kulgan bo'lardim," - deyiladi surat ostiga qo'yilgan izohda.
Goal portali ushbu postga "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu "layk" bosganiga e'tibor qaratdi. Ma'lumki, futbolchi Amorim qo'l ostida kam o'yin amaliyoti olayotganidan norozi edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364