"Chelsi" bir murabbiyga bunchalik shartnomaga taklif qilmaganiga ancha bo'lgan edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2684

Kutilganidek, "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi "Strasburg" boshqaruvida o'zini yaxshi ko'rsatayotgan Liam Rosenor bo'ldi. Rosenor olti yarim yillik shartnoma imzoladi - 2031/2032-yilgi mavsum oxirigacha.
Qizig'i shundaki, "Chelsi"ning bu lavozimda olti yil yoki undan ko'proq ishlagan so'nggi murabbiyi Deyv Sekston bo'lgan. Voqea ancha ilgari - 1967-1974 yillarda bo'lgan. Bu qiziqarli faktni Opta mutaxassislari ta'kidlamoqda.
Darvoqe, Liam Rosenor "Chelsi"ning so'nggi olti yildagi beshinchi doimiy murabbiyiga aylandi. "Chelsi" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366