Amorim ketgach, uch nafar futbolchi "Manchester Yunayted"da yangi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

5 yanvar, dushanba kuni "Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning iste'fosi haqida qaror qabul qildi. Shu munosabat bilan jamoaning ba'zi futbolchilari o'zlarini ko'rsatish uchun yangi imkoniyatga ega bo'lishlari mumkin.
Mail Sport xabariga ko'ra, yarim himoyachilar Manuel Ugarte va Kobbi Maynu, shuningdek, hujumchi Joshua Zirkzee "Old Trafford"da qolishi mumkin. Avvalroq, futbolchilar portugaliyalik mutaxassisning rejalariga kirmagani uchun mankunianliklar safini tark etishga moil edi.
Angliya Premer-ligasining 20-turidan so'ng "qizil iblislar" hisobida 31 ochko bor. "Qizil iblislar" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha beshinchi o'rinda borayotgan "Chelsi"dan ortda qolib, jadvalda oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
365