Vinisius "Betis"ga qarshi o'yinda jamoadoshlari ustidan Alonsoga shikoyat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Madridning "Real" klubi yulduz hujumchisi Vinisius Junior "Betis"ga qarshi kechgan uchrashuvda jamoadoshlari unga kam to'p uzatishayotganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga ma'lum qildi.
"Ular menga pas berishlari kerak. Hamma o'zi aldamoqchi bo'ladi, lekin muxlislar faqat menga hushtak chalishadi. Gonsaloga ayting, u hech bo'lmaganda vaqti-vaqti bilan menga pas berib tursin," - deya braziliyalikning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv Madrid grandining 5:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Vinisius 19 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi beshta gol va beshta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366