Semenoning "Manchester Siti"ga qachon o'tishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

"Bornmut" klubi qanot hujumchisi Antuan Semeno tez orada "Manchester Siti" futbolchisiga aylanadi.
Jurnalist Devid Ornshteynning ta'kidlashicha, Semeno ketishidan oldingi so'nggi o'yinini chorshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi o'tkazadi. O'yindan keyin vingerning "Manchester Siti"ga o'tishi bo'yicha bitim yopilishi kutilmoqda.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Semeno 19 ta uchrashuvda qatnashib, 9 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
APL 21-turidan o'rin olgan "Bornmut" - "Tottenxem" uchrashuvi 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371