"Napoli" bir shart bilan Dovbikni sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302

"Roma"ning ukrainalik markaziy hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubi - "Napoli"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka di Martsio xabariga ko'ra, neapolliklar Rim klubi rejalariga kiritilmagan hujumchini ijaraga olishi mumkin. Kelishuv Lissabonning "Benfika" klubi nishonida turgan "Napoli" hujumchisi Lorentso Lukka jamoani tark etgan taqdirda amalga oshishi mumkin bo'ladi.
Dovbik joriy mavsum "bo'rilar" safida 16 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi. Ukrainalikning rimliklar bilan mehnat shartnomasi 2029 yilda tugaydi. Uning bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359